14 may 13:48
Yangiliklar
Boks/MMA

World Boxing. Bugun Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev va yana 4 bokschimiz ringga ko'tariladi
SHu kunlarda Polsha poytaxti Varshava shahri World Boxing tashkiloti kubogi bahslariga mezbonlik qilmoqda.
Bugun musobaqaning navbatdagi kuni 5 nafar charm qo'lqop ustamiz chorak va yarim final bosqich janglarida ringga ko'tariladi. Parij-2024 Olimpiadasi chempioni Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev (-65 kg) germaniyalik Ousainou Xansen bilan hisob-kitob qiladi. Jahon chempioni Mirazizbek Mirzaxalilov (-55 kg) Uels vakili Kori Jonesga qarshi ringga chiqadi.
Bokschilarimiz ishtirokidagi janglar:
-55 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov - Kory Jones (Uels) 14:45
-65 kg: Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev - Ousainou Xansen (Germaniya) 16:15
-80 kg: Javohir Ummataliev - Villiam CHolov (Bolgariya) 17:00
-85 kg: Akmaljon Isroilov - Samet Ersoy (Turkiya) 17:30
-75 kg: Fazliddin Erkinboev - Kaue dos Santos (Braziliya) 22:00
Havola :
Fikrlar