20 mar 16:10
Yangiliklar
WTA reytingi. Elena Ribakina ettinchi raketkaga aylandi, tennischi qizlarimizda esa pasayish
Unga ko'ra, Indian-Uellsdagi WTA 1000 turniri chempioni Elena Ribakina o'zining shaxsiy reyting rekordini yangilab, ettinchi pog'onaga ko'tarildi. 7-o'rindagi Mariya Sakkari esa 10-o'ringa tushdi. Polshalik Iga Svyontek hamon reytingda etakchiligicha qolmoqda.
Yangilangan haftalik reytingda tennischi qizlarimizning barchasida pasayish kuzatildi. Mamlakatimizning birinchi raketkasi Nigina Abduraimova 5, Sevil Yuldasheva 6 va Milana Maslenkova 11 pog'oga pastladi.
WTA reytingi. 2023 yil 20 mart holatiga ko'ra:
1. (1) Iga Svyontek (Polsha) - 9975 ochko
2. (2) Arina Sobolenko (Belarus) - 6740
3. (3) Jessika Pegula (AQSH) - 5605
4. (5) Karolin Garsiya (Franciya) - 4990
5. (4) Ons Jaber (Tunis) - 4976
6. (6) Kori Goff (AQSH) - 4401
7. (10) Elena Ribakina (Qozog'iston) - 3720
8. (8) Darya Kasatkina (Rossiya) - 3375
9. (9) Belinda Benchich (SHveycariya) - 3360
10. (7) Mariya Sakkari (Greciya) - 3191
O'zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o'rni:
180 (175). Nigina Abduraimova - 364
998 (992). Sevil Yo'ldosheva - 15
1272 (1261). Milana Maslenkova - 4
Fikrlar