22 may 12:37
Yangiliklar
WTA reytingi. Elena Ribakina Top-5'da debyut qildi, Abduraimova ham yuqoriladi + POSTER
Unga ko'ra, reytingning Top-10 ligida kichik o'zgarish kuzatildi. Rim "Masters"i g'olibasi qozog'istonlik Elena Ribakina 2 pog'ona yuqorilab, kuchli beshlikda debyut qildi. 4 va 5-o'rindagi Karolin Garsiya hamda Kori Goff mos ravishda 1 pog'onadan pastlashdi. WTA reytingini hamon polshalik Iga Svyontek boshqarib bormoqda.
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Nigina Abduraimova yangilangan haftalik reytingda 5 pog'ona yuqoriladi. Ikkinchi raketkamiz Sevil Yo'ldosheva 25 o'rin pastlagan bo'lsa, Milana Maslenkova 10 pog'ona yuqoriladi.
WTA reytingi. 22 may holatiga ko'ra Top-10:
1. (1) Iga Svyontek (Polsha) - 8940 ochko
2. (2) Arina Sobolenko (Belarus) - 7541
3. (3) Jessika Pegula (AQSH) - 5205
4. (6) Elena Ribakina (Qozog'iston) - 5090
5. (4) Karolin Garsiya (Franciya) - 5025
6. (5) Kori Goff (AQSH) - 4305
7. (7) Ons Jaber (Tunis) - 3541
8. (8) Mariya Sakkari (Greciya) - 3391
9. (9) Darya Kasatkina (Rossiya) - 3275
10. (10) Petra Kvitova (CHexiya) - 3162
O'zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o'rni:
176 (181). Nigina Abduraimova - 404
1046 (1021). Sevil Yo'ldosheva - 13
1280 (1290). Milana Maslenkova - 4
Fikrlar