29 may 19:02
Yangiliklar
WTA reytingi. Top-10 o'zgarishsiz qolgan reytingda tennischi qizlarimiz pastlashdi
O'tgan hafta bilan taqqoslaganda reytingning kuchli o'nligida hech qanday o'zgarish kuzatilmaganini ko'rishimiz mumkin. Polshalik Iga Svyontek hamon reyting peshqadami bo'lib turibdi. Belorus vakilasi Arina Sobolenko ikkinchi, amerikalik Jessika Pegula uchinchi pog'onani egallab turibdi.
WTA reytingidan o'rin olgan tennischi qizlarimizning barchasida pasayish kuzatilganini ko'rishimiz mumkin. Mamlakatitzning birinchi raketkasi Nigina Abduraimova o'tgan haftadagi o'rnidan 1, Sevil Yo'ldosheva 10, Milana Maslenkova 19 pog'ona pastlagan.
WTA reytingi. 2023 yil 29 may holatiga ko'ra Top-10:
1. (1) Iga Svyontek (Polsha) - 8940 ochko
2. (2) Arina Sobolenko (Belarus) - 7541
3. (3) Jessika Pegula (AQSH) - 5205
4. (4) Elena Ribakina (Qozog'iston) - 5090
5. (5) Karolin Garsiya (Franciya) - 5025
6. (6) Kori Goff (AQSH) - 4305
7. (7) Ons Jaber (Tunis) - 3541
8. (8) Mariya Sakkari (Greciya) - 3391
9. (9) Darya Kasatkina (Rossiya) - 3275
10. (10) Petra Kvitova (CHexiya) - 3162
O'zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o'rni:
177 (176). Nigina Abduraimova - 404
1056 (1046). Sevil Yo'ldosheva - 13
1299 (1280). Milana Maslenkova - 4
Fikrlar