12 dek 11:00
Yangiliklar
WTA tomonidan "Yil juftligi" elon qilindi
Jumladan, avstraliyalik Storm Xanter va belgiyalik Elize Mertens hamkorligi 2023 yilgi tennis mavsumining eng yaxshi juftligi deb topildi. Bu juftlik yakuniga etgan mavsumda Rim va Gvadalaxaradagi WTA 1000 turnirlarida bosh sovrinni qo'lga kiritdi. "Uimbldon" turniri finaliga qadar etib bordi. Storm ayni paytda juftlik reytingida birinchi, Elize esa ikkinchi o'rinni egallab turibdi.
Ulardan tashqari yilning eng yaxshi juftligi bo'lish uchun amerikaliklar Kori Goff va Jessika Pegula, chexiyaliklar Barbora Kreychikova va Katerjina Sinyakova, kanadalik Gabriela Dabrovski va Yangi Zelandiya vakilasi Erin Rutlif, rossiyalik Vera Zvonaryova hamda germaniyalik Laura Zigemund tandemlari davogarlik qilgandi.
Fikrlar