02 iyu 11:28
Yangiliklar
Boks/MMA
Xabib: "Boy bo'lib, hamma narsa sotib olish uchun chempion bo'lmoqchi edim"
Engil vaznda UFC sobiq chempioni Xabib Nurmagomedov SHon-SHaraf zaliga kiritilganidan so'ng, fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"O'n yil oldin bazi narsalar haqidagi fikrim umuman boshqacha edi. Boy bo'lib, hamma narsalarni sotib olish uchun chempion bo'lmoqchi edim.
Lekin so'nggi ikki yilda sodir bo'lgan voqealar meni o'zgartirdi. Fikrim o'zgardi.
Otam men bilan emas. Hozir bu erda turib, otam haqida gapirish men uchun juda og'ir. Bu men uchun juda hayajonli lahza.
Abdulmanap bizni qo'llab-quvvatladi, u meni, og'aynilarimni va menga yaqin bo'lgan insonlarni qo'llab-quvvatladi. Dog'istondagi minglab bolalarni qo'llab-quvvatladi", - dedi Xabib.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar