12 okt 13:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib faoliyatini tugatgani haqida: "Davom etishim ham mumkin edi"
UFC sobiq chempioni Xabib Nurmagomedov faoliyatini o'z vaqtida yakunlaganligi haqidagi savolga javob qaytardi.
"Nima uchun tugatganimni eslash kerak. Menda vaziyat shunday edi, oilam va otam bilan bog'liq shaxsiy sabablar.
Albatta men davom etishim ham mumkin edi. Ko'pchilik men o'zimga ko'proq pul taklif qilishlari uchun yaxshiroq shartnomaga ega bo'lish maqsadida ketganim haqida o'ylaydi. Ammo bunday emas.
Bu aniq qaror edi va buni o'zgartirish uchun xech qanday variantlar ko'rmayapman. Ayniqsa, hozir", - dedi Nurmagomedov.
Eslatib o'tamiz, Xabib Nurmagomedov 2020 yilda o'z faoliyatini yakunlagandi.
Havola :
Manba : UFC Russia
Fikrlar