14 avg 09:49
Yangiliklar
Xabib Nurmagomedov faoliyatidagi eng qiyin jangni aytdi
"Psixologik jihatdan eng qiyin jang Konor bilan bo'lgan, ammo undan keyin Getjiga qarshi kechgan jangim yanada og'irroq kechgandi. Birinchi navbatda, otamdan ayrilganim sababli o'zimni qo'lga olish qiyin edi. Hammasi bir joyga to'plandi. Otam hayotdan ko'z yumdi, tayyorgarlik esa u kishisiz, yani men kim uchun shug'ullangan va chempion bo'lishni istagan insonim yo'qligida o'tdi.
Mashg'ulotlar lagerining o'zi — jarohat ketidan jarohat. Hech kim bu oxirgi jang ekanligini bilmasdi. Men esa o'zim uchun bu erda yakunlashim kerakligini bilardim. Bularning barchasidan o'tish, agar yana jarohat olganimda, juda og'ir bo'lardi", — dedi Nurmagomedov.
Eslatib o'tamiz, 2020 yilda Xabib Jastin Getjini sabmishen (bo'g'ish) usuli bilan mag'lub etgan va shundan so'ng sport faoliyatini yakunlaganini elon qilgan edi.

Fikrlar