22 okt 21:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib: Pore qo'rqoqligini ko'rsatdi
UFC chempioni Xabib Nurmagomedov Dastin Poreni Konor Makgregorga qarshi yarimo'rta vaznda jang qilishi borasidagi fikrini bildirdi.
“Pore nima uchun qo'rqoqlik qildi, buni tushunmadim. Bu mening shaxsiy fikrim. UFC Konor bilan jang qilishni taklif qildi. Konor esa unga yarim million xayriya qilishini aytdi va Dastin xa-xa-xa deb javob berdi. Dastin engil vazn jangchisi, u yarimo'rtada jang qilmagan. U nima qilmoqchi ekanligi tushunarsiz. agar chempionlik kamari kerak bo'lsa, unda engil vaznda jang qilsin”,-dedi Xabib.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar