20 sen 09:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib va Getjini mag'lub etishga tayyorman
Bellator sobiq chempioni, endilikda UFC jangchisi Maykl CHendler 24 oktyabr kuni bo'lib o'tadigan jang oqshomiga tayyor turishini malum qildi.
«Bunday imkoniyat berilayotganidan hayratdaman. Doim mashg'ulot olib boraman. Agar oktyabrda jang qilish imkoniyati bo'lmasa, noyabrda aniq oktagonga ko'tarilaman. Nima bo'lishidan qatiy nazar, Xabib yoki Getjining o'rniga oktagonga ko'tarilsam, ularni mag'lub etishga tayyorman. Danadan TOP-5 jangchilardan biriga qarshi jang qilishini so'radim. CHunki men kuchli bo'lsam ularni uraman, yoki teskarisi»,-dedi CHendler.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar