12 okt 17:22
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/46680_220.jpg)
Xabibga Grozniyning faxriy fuqaroligi taqdim etildi
CHecheniston Respublikasi prezidenti Ramzan Qodirov UFC chempioni Xabib Nurmagomedov bilan uchrashdi.
Sportchi sharafiga tantanali kechki ovqat tashkil qilindi. Grozniy meri Ibragim Zakriev esa unga faxriy fuqaro unvonini topshirdi. Xabibga shuningdek, "Grozniyning 200 yilligiga" deb nomlangan medal ham taqdim etilgan. Unda 27 raqami ham tushirilgan. CHunki, sportchining MMAdagi g'alabalari soni shunchani tashkil etadi.
Ramzan Qodirov farmoyishiga binoan Xabibning otasi Abdulmanap Nurmagomedovga "CHecheniston Respublikasida xizmat ko'rsatgan jismoniy tarbiya xodimi" unvoni berildi.
Qodirov shuningdek, Xabibga Mersedes avtomashinasini ham sovg'a qilgan.
Havola :
Manba : Sports.ru
Fikrlar