29 okt 07:34
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabibning jamoasidagi Xaybulaev PFL'da amerikalik Ueydni mag'lub etdi va 1 million dollar ishlab oldi + FOTO
AQSH vakili Kris Veyd bilan jangda Movlid Xaybulaev hakamlarning bir ovozdan bergan bahosi bilan g'alaba qozondi – 50:45.
Movlid ushbu tarixiy g'alabasidan 1 million dollar ishlab oldi. Xaybulaev qatorasiga beshinchi, faoliyatidagi esa 18-g'alabasini qo'lga kiritdi. U hali mag'lubiyat tamini totib ko'rmagan. Raqibining rekordi esa - 20-7.
Avvalroq, PFL 10 turniri bo'lib o'tgan va unda 34 yoshli rossiyalik sobiq UFC jangchisi Omari Ahmedov va AQSHning 26 yoshli vakili Jordan Yang to'qnash kelishgandi. Jang uchinchi raundda Yangning nokautli g'alabasi bilan yakunlangandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar