02 iyu 09:59
Yangiliklar
Dzyudo

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag'ishlangan musobaqa o'tkazildi FOTOREPORTAJ
Sana munosabati bilan mamlakatimizning bir nechta shahar va tumanlarida musobaqa hamda bayram tadbirlari tashkil etildi.
Jumladan, "Diplomat Judo" klubi tomonidan bir nechta yosh guruhlarida turnir o'tkazildi. Unda yosh dzyudochilar belgilangan vazn toifalarida o'zaro bellashishdi. Yakunda g'olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.
Tashklotchilar barcha ishtirokchilarni bayram bilan tabriklab, sovg'a ulashishdi. Bu kabi musobaqalarning qanchalik ko'p o'tkazilishi yosh dzyudochilarning mahorati oshib borishiga xizmat qiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar