14 apr 15:59
Yangiliklar
Futbol
Xames Rodriges faoliyatini Braziliyada davom ettirishi mumkin
"Olimpiakos"ni tark etgan Kolumbiya termasi yarim himoyachisi Xames Rodriges faoliyatini Braziliyada davom ettirishi mumkin.
Avvalroq yarim himoyachi grek klubi bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin turgani xabar qilingandi, biroq tomonlar shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilishgan.
31 yoshli kolumbiyalik futbolchi 2022 yilning sentyabrida "Olimpiakos"ga o'tgandi. Bu vaqt ichida u jamoa safida 23 ta o'yin o'tkazib, 5 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Malumotlarga qaraganda, xavbek xizmatlariga "Botafogo" klubi qiziqish bildirgan. Bu transferga klubning asosiy investori Jon Tekstor qiziqmoqda. U anchadan buyon Xames o'yini muxlisi hisoblanadi va istagiga qaramay, avvalroq futbolchini jamoaga olib kelolmagandi.
Havola :
Manba : The Athletic
Fikrlar