27 sen 11:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Xamzat CHimaev BAA prezidenti bilan uchrashdi + FOTO
O'rta vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Xamzat CHimaev BAA prezidenti Muhammad ibn Zaid Al Naxayon qabulida bo'ldi.
Uchrashuv poytaxt Abu-Dabi shahridagi Qasr al-Vatan – prezidentlik qarorgohida bo'lib o'tdi. Al Naxayon CHimaevni chempionlik kamari bilan tabrikladi. Xamzat SHveciya fuqaroligidan voz kechib BAA pasportini olgan edi.
Eslatib o'tamiz, CHimaev 17 avgust kuni UFC 319 turnirining asosiy jangida Drikus dyu Plessini mag'lubiyatga uchratib, JAR vakilidan chempionlik kamarini tortib olgandi.
Havola :
Fikrlar