06 sen 19:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Xamzat CHimaev: "Diaz chechenlar bilan tenglasha olmaydi"
Yarimo'rta vazn toifasida UFC jangchisi Xamzat CHimaev Neyt Diaz haqida gapirdi.
"Urush paytida ulg'aysang hammasi boshqacha bo'ladi. Diaz qattiqqo'llik borasida chechenlarga tenglasha olmaydi. U maktabga borgan. Diazning hayoti bolaligi yaxshi o'tgan va hech qachon nonga zor bo'lmagan. Lekin, bizda bunday bo'lmagan.
SHveciyaga kelganimizda va bizni immigraciya idorasiga olib borishdi va bitta xona berishdi. Singlim, onam va men bir xonada yashar edik. Bu juda ham qiyin edi. Ko'pchilik meni Gettodan ekanligimi aytishadi. Ammo, bunday emas”, – dedi CHimaev UFC Countdown dasturiga bergan intervyusida.
Avvalroq, Kamaru Usman CHimaev uchun yarimo'rta vazndagi eng yaxshi raqib kimligini aytgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar