09 sen 07:34
Yangiliklar
Boks/MMA

Xamzat CHimaev: "Diazning besh raund jang qilishidan umidvorman"
SHveciyalik UFC jangchisi Xamzat CHimaev amerikalik Neyt Diaz bilan bo'lajak jang haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bu yigit hech bo'lmaganda bir raund "turib beradi" deb o'ylamayman, ammo uning to'liq jang qilishiga umidim bor. Bu uning uchun yaxshi bo'lar edi. U o'zini ko'rasatib qo'ygan holda UFC'dan ketmoqda. Agar men uni birinchi raunddayoq mag'lub etsam ham, hamma Diazning yulduzligini, uning mag'lub holda uyiga qaytishini aytadi.
Oktagonga kirganimdan so'ng, ochko yig'ish uchun o'yin o'ynamayman. Men uning boshiga zarba berib, "sindiraman", - deya CHimaevning so'zlarini keltiradi BJ Penn nashri.
Kecha jangchilar mediaday'da qatnashishdi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar