02 fev 08:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Xamzat CHimaev hozirgi holati haqida gapirdi
UFC jangchisi Xamzat CHimaev hozirgi holati haqida gapirdi.
«Men yuz foizga tiklandim. Barchasi joyida deb bemalol ayta olaman. Biz jismoniy holatim ustida jiddiy ravishda ishladik. Har kuni qattiq mashg'ulotlarni o'tamoqdaman. Men doim o'z ustimda jiddiy ishlaganman, biroq hech qachon besh raundlik jangda ishtirok etmaganman. SHu sababli doimgidan ko'ra ko'proq ishlamoqdaman», - dedi Xamzat CHimaev.
Eslatib o'tamiz, Xamzat navbatdagi jangini 13 mart kuni Leon Edvardsga qarshi o'tkazadi. Jang kechaning markaziy bahsi bo'ladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar