So’nggi yangiliklar

20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0 10:08Сауль Альварес навбатдаги ғалабасига эришди, Мунгия ҳам ғолиб 0 09:50UFC ойнинг энг яхши жангини эълон қилди 0

20 avg 08:47
Yangiliklar

Boks/MMA

Xamzat CHimaev ilk chempionlik himoya jangi uchun raqib tanladi

O'rta vaznda yangi UFC chempioni Xamzat CHimaev kamarining ilk himoya jangida kimga qarshi oktagonga chiqmoqchi ekanini elon qildi.

Xamzat raqib sifatida niderlandiyalik Rene de Ridderni tanladi. Rene o'rta vazn toifasi reytingida beshinchi o'rinni egallab turibdi. 

"RDR", – deya raqib ism-sharifining bosh hafrlarini o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozib qoldirgan CHimaev. 

Avvalroq, Rene de Ridder 25 oktyabr kuni BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida o'tkaziladigan UFC 321 turnirida yangi chempionga qarshi oktagonga chiqish istagida "vyzov" tashlagan edi. 

"Men 100 foizga Abu-Dabida jang qilishga tayyorman. Ishonchim komil, u uchun yaxshigina bosh og'rig'i bo'laman. Albatta, o'zim uchun ham jangning qanday o'tishi qiziq tuyulyapti. Agar meni parterga tushirsa – bu ajoyib ish bo'lardi. Mabodo men uni parterga tushira olsam, bu ham yaxshi yangilik. Tik turgan holda jang o'tkazsak ham bu yaxshilik alomati. O'ylaymanki, bu o'zimni ko'rsatish uchun ajoyib imkoniyat va undan maksimal darajada foydalanib qolaman", – degandi "Niderlandiyalik ricar" Submission Radio radiosiga bergan intervyusida.

Malumot uchun, Rene de Ridder shu yilning iyul oyida UFC`dagi ketma-ket to'rtinchi g'alabasini qo'lga kiritgandi. U murosasiz jangda tajribali Robert Uittakerni hakamlarning ayri qarori bilan mag'lubiyatga uchratgan edi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing