19 avg 15:25
Yangiliklar

Xamzat CHimaev: "Men UFC'dagi eng katta yulduzman"
"Men bu haqda eshitmadim, uning men bilan haqiqatan ham jang qilmoqchiligiga ishonchim komil emas. Diazni mag'lubiyatga uchratsam, men bilan jang qilish yaxshigina pul keltirishi tayin bo'ladi. Avvalroq, hech kim men bilan jang qilishni istamayotgan edi. Endi esa men bilan jang yaxshi pul keltirishini hamma biladi. Konor Makgregor qandaydir ahmoqona filmda suratga tushyapti, Xabib ketgan, Adesanya esa yaxshi jang qila olmayapti. Hech kim uning jangini ko'rishni istamaydi. Hozir men UFC'dagi eng katta yulduzman va faqatgina men haqiqiy janglarda ishtirok etaman. Muxlislar boshqalarning jangini ko'rishni istashmaydi", - deya CHimaevning so'zlarini keltiradi Sportskeeda nashri.
Eslatib o'tamiz, Xamzat so'nggi bor shu yilning 10 aprel sanasida Gilbert Bernsga qarshi jang qilgan edi.
Avvalroq, Xamzat Neyt Diaz haqida keskin fikr bildirgan edi.
Fikrlar