27 iyu 11:52
Yangiliklar
Boks/MMA
Xamzat CHimaev nima uchun Byornsga qarshi jangini qayta tomosha qilmaganini aytdi
SHveciyalik UFC jangchisi Xamzat CHimaev Gilbert Byornsga qarshi jangini esladi.
"Gilbert Byorns men qiynalib jang qilgan yigitlardan biri bo'ldi. U baland emas va kurashchi. Men ham zarba berishni va kurashishni bilaman. Lekin, men o'zimdan past bo'yli emas, baland bo'yli raqiblarga qarshi boks tusha olaman. Ammo men jangni qabul qildim va g'alaba qozondim.
Umid qilamanki, biz yana qachonlardir uchrashamiz. Men u bilan jangda o'zimni ahmoqona tutdim. SHunchaki oldinga bordim. Harakat qilmadim va "stoyka"dagi mahoratimni ko'rsatmadim. Murabbiyim ushbu jangni tomosha qilishimni istaydi. Ammo men istamayman. Men jang qilishni xohlayman", - dedi CHimaev.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar