10 sen 08:26
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/234809_220.jpg)
Xamzat CHimaev Paulo Kosta haqida: "Men bu yigit haqida umuman gapirmaganman"
Yarimo'rta vaznli UFC jangchisi Xamzat CHimaev braziliyalik Paulo Kosta bilan mashg'ulotlar zalida ro'y bergan holatni izohladi.
"Hech narsa ro'y bergani yo'q. U men haqimda ko'p yomon gaplar aytdi. Men bu yigit haqida umuman gapirmaganman. Endi u men bilan hisoblashmoqchi bo'lyapti. Israel Adesanya uni mag'lub etdi, butun dunyo buni ko'rdi.
Kosta bilan jang bo'ladimi? Nima uchun men u bilan jang qilishim kerak. Men uni mag'lub etishni rejalashtirmaganman, uni mengacha ham mag'lub qilib bo'lishgan", - deya CHimaevning so'zlarini keltiradi MMA Fighting nashri.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar