12 sen 19:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Xamzat CHimaev Robert Uittaker bilan ehtimoliy jang haqida gapirdi
SHveciyalik UFC jangchisi Xamzat CHimaev Yangi Zelandiya vakili Robert Uittaker bilan ehtimoliy jang haqida gapirdi.
"Menga Robert yoqadi. Lekin men yaxshi yigitlar bilan jang qilishni istamayman, menga yomon yigitlarni bering. CHunki bu holatda men uni urishdan afsuslanmayman. Men Robert bilan shug'ullanganman.
U juda yaxshi, dunyoning eng yaxshilaridan biri. Men uning jangini ko'rdim. Men MMA muxlisiman, shunday ekan, men hammani kuzataman. Uning mashg'ulotlarini ko'rganman. Men bilan ko'pchilik jang qilishni istasa-da, Robert hech qachon men haqimda yomon gapirmagan", - dedi CHimaev matbuot anjumanida.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar