10 sen 12:03
Yangiliklar

Xamzat CHimaev va Kevin Xolland jarimaga tortiladi
Dana Uayt matbuot anjumani bekor qilinganiga qaramay, Las-Vegasdagi 279-raqamli turnir xavf ostida emasligiga ishontirdi. Xamzat CHimaev va Kevin Holland o'rtasidagi janjal tufayli tadbir bekor qilindi. Mushtlashuvda Neyt Diazning jamoasi ham ishtirok etdi.
“Diazning jamoasida 57 kishi bor. Xamzat jamoasida 30 dan ortiq kishi bor edi. Jangchilarning bazi yigitlari u yoqdan-bu yoqqa borib, haqoratli so'zlarni aytishdi. Bu aqlga sig'mas edi. Agar matbuot anjumani bekor qilinmagan taqdirda bu nimalarga olib kelishini tushunish uchun olim bo'lish shart emas", - dedi Uayt.
UFC prezidenti matbuot anjumanini buzgani uchun CHimaev va Xollandni jarimaga tortadi.
Eslatib o'tamiz, sportchilar o'rtasidagi jang o'tkazilmaydigan bo'ldi. CHimaev vazn qila olmagani sabab u endi Kevin Xollandga qarshi jang qiladi. Neyt Diaz esa Toni Fergyuson bilan to'qnash keladi.
Fikrlar