18 okt 11:44
Yangiliklar

Xamzat CHimaev yaqinda Toshkentga kelib ketgan Ramzan Kadirovning o'g'li bilan mashg'ulot o'tkazdi + FOTO
Unda chechenistonlik aralash yakkakurash ustasi CHecheniston rahbari Ramzan Kadirovning o'g'li Adam bilan birga mashg'ulot o'tkazganini ko'rish mumkin. Adam ham aralash yakkakurash bilan shug'ullanib keladi.
Avvalroq xabar berganimizdek, Xamzat Parij-2024 Olimpiadasi chempioni, erkin kurashchimiz Razambek Jamalov bilan ham birgalikda mashg'ulot o'tkazgan edi. Ayni paytda CHimaev o'rta vazn toifasi reytingida 12-o'rinni egallab turibdi.
Xamzat CHimaev navbatdagi jangini 26 oktyabr kuni avstraliyalik Robert Uittakerga qarshi o'tkazadi. Ushbu turnir BAA poytaxti Abu-Dabi shahridagi UFC 308 turniri doirasida bo'lib o'tadi. Aslida CHimaev - Uittaker jangi 22 iyun kuni Saudiyadagi UFC turniri doirasida o'tkazilishi kerak edi. Lekin Xamzatning sog'lig'i sabab jang kechroq muddatga qoldirilgandi.
Fikrlar