14 dek 20:41
Yangiliklar
Boks/MMA
Xamzat CHimaevning qachon oktagonga qaytishi aytildi, raqib sobiq UFC chempioni!
SHu yil SHveciya fuqaroligidan voz kechib, BAAni tanlagan Xamzat CHimaevning navbatdagi jangi tafsilotlari malum bo'ldi.
UFC promousheniga yaqin manbalarning xabar berishicha, o'rta va yarim o'rta vazn toifalarida jang qilib kelayotgan Xamzat CHimaev UFC 299 turnirida oktagonga qaytadi. U 3 mart kuniga belgilangan turnirda o'rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni, avstraliyalik Robert Uittakerga qarshi jang qiladi. Hozircha UFC promoushenining o'zida u xabar rasman tasdiqlanmadi.
Xamzat CHimaev shu kunlarda jarrohlik stoliga yotishi kerak. Uning o'zi avvalroq UFC 300 turnirida jang qilish istagida ekanini aytgandi. CHimaev so'nggi jangini oktyabr oyida o'tkazgan va o'shanda Kamaru Usmanni ochkolar evaziga mag'lub etgan edi. Robert esa UFC 290 turnirida Drikus Dyu Plessiga texnik nokaut bilan engilgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar