18 okt 10:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Xamzatning bugun g'alaba qozongan jamoadoshi Maxachevga “vyzov” tashladi
Engil vazn jangchisi Guram Kutateladze Islam Maxachevga qarshi jang qilishga tayyor ekanligini malum qildi.
“Agar Islamga raqib topilmaydigan bo'lsa, men oktagonga qaytishga tayyorman. Bilaman unga top-15 yoki top-10 jangchisi kerak, lekin unga jang kerak bo'lsa, men rozi”,-dedi Guram Kutateladze.
Eslatib o'tamiz, Guram Kutateladze bugun bo'lib o'tgan UFC kechasida Mateush Gemportga qarshi jang qilib, UFC'dagi debyut bahsini o'tkazdi va ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozondi.
Malumot uchun, Guram Kutateladze Xamzat CHimaevning jamoadoshi hisoblanadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar