So’nggi yangiliklar

17:01"Худди биринчи чемпионлик камаримни қўлга киритгандек бўлдим". Альварес WBC’нинг иккинчи ўрта вазн чемпиони бўлгани ҳақида 0 16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0 11:18Пратеснинг мураббийи Махачев Карлос билан жанг қилишдан нега воз кечганини тахмин қилди 0 10:47Мессининг голи ва узатмаси "Интер Майами"га ғалаба келтирди + ВИДЕО 0 10:06Эркин курашчиларимиз Жаҳон чемпионатини медалсиз якунлашди 0 09:35Богдан Гусковнинг навбатдаги рақиби, жанг санаси ва манзили маълум + ПОСТЕР 0

17 fev 09:26
Yangiliklar

Dzyudo

Xanchjou-2022, Parij-2024: Dzyudochilarimizning tayyorgarlik rejalari muhokama qilindi

Teglar :  MOQDzyudo
So'nggi Olimpiya o'yinlarida dzyudochilarimiz delegaciyamiz hisobiga dastlabki medallarni taqdim qilib kelishmoqda.

SHubhasiz, barchamiz mazkur anana davom etishini istaymiz va buning uchun barcha rejalar, dasturlar ishlab chiqilmoqda. MOQ raisi O'zbekiston dzyudo federaciyasiga tashrif buyurib, Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlari va Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga tuzilgan tayyorgarlik rejalari bilan tanishdi. 

Tadbirda MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov, O'zbekiston dzyudo federaciyasi rahbariyati va mutasaddi vakillari, MOQ xodimlari, murabbiylar ishtirok etishdi.

Taqdimotni O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi o'rinbosari SHoatham Isroilov olib bordi. So'z o'rnida Rustam SHoabdurahmonov rejalar borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Dzyudo yoshlarimiz orasida eng sevimli sport turlaridan biri. Bunga sportchilarimizning xalqaro maydonlarda erishayotgan yutuqlari sababdir. Hukumatimizning qo'llab-quvvatlashi bilan yana bir necha kundan so'ng poytaxtimizda ilk bor “Katta dubulg'a” turniri o'tkaziladi. Bu esa yurtimizda ushbu sport turi va sog'lom turmush tarzi targ'ibotida muhim ahamiyatga ega”, – dedi MOQ raisi.

Mutasaddilarning malumot berishicha, ayni paytda yurtimizda 21 mingdan ziyod o'g'il-qizlar mazkur sport turi bilan shug'ullanadi. Taqdimotda ushbu yoshlar orasidan eng saralarini tanlab olish, kuchli selekciya ishlarini yo'lga qo'yish alohida mavzuga aylanib ketdi.

SHuningdek, terma jamoamiz etakchilari siymosida yoshlarga o'rnak bo'ladigan qahramonlarni gavdalantirish, Xanchjou va Parij o'yinlariga tayyorlarlik yo'lida tashkil qilinadigan o'quv-mashg'ulot yig'inlari va xalqaro turnirlar, hakamlar malakasini oshirish kabi yo'nalishlarda atroflicha fikr bildirildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing