01 noy 11:31
Yangiliklar
Boks/MMA
Xasbik ekstremizm bo'yicha ayblovda tekshiriladi
Mash Telegram kanalining xabar berishicha, Xasbik nomi bilan mashhur bloger Xasbulla Magomedov Rossiya Federaciyasi Jinoyat kodeksining 282-moddasi (antisemitizm va Dog'istonda tartibsizliklarga chaqiruvlar) bo'yicha tekshiriladi.
Manbaga ko'ra, uning obunachilaridan biri blogerga qarshi ariza yozgan. Xasbik tomonidan elon qilingan "Biz yahudiy qochqinlarga qarshimiz" degan rasm arizachiga yoqmagan. Magomedov, shuningdek, yahudiylarga kvartira ijaraga bermaslik, ularni mashinada olib yurmaslik va muassasalarda xizmat qilmaslikka chaqirgan.
Bundan tashqari, Xasbulla yahudiylarga boshpana berayotgan Xasavyurtdagi "Flamingo" mehmonxonasi rahbariyatini tanqid qilgan. Kamiga mehmonxona kulga aylanishini yozgan.
Eslatib o'tamiz, Xasbik o'zining antropometrik ko'rsatkichlari sabab mashhur bo'lgan: uning bo'yi 98 sm, vazni esa atigi 19 kg. 2022 yilda bloger UFC bilan besh yillik shartnoma imzolaganini elon qilgan edi.
Havola :
Manba : mma.metaratings.ru
Fikrlar