So’nggi yangiliklar

13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0 11:42Дакар-2026: бугун енгил атлетика ва велоспорт баҳслари якунланади, боксчилар чорак финалда рингга чиқади 0 11:40Касильяс ўйин амалиёти етишмаслиги сабаб ўғилларини "Реал" академиясидан олиб кетди 0 11:09Магомед Анкалаев кейинги жангини оғир вазнда ўтказмоқчи 0 10:38Чимаев RAF турнирида собиқ UFC чемпионига қарши курашади, Ковингтон сафдан чиқди 0 10:07Келаси ҳафта Тошкентга келадиган Тедди Ринер Франция президентлиги сайловида қатнашмоқчи 0 09:36Месси, Мбаппе, Ямаль, Родри, Беллингем FIFPro йил рамзий терма жамоасидан жой олди, Кейн ва Роналду эса йўқ! 0 09:05ATP рейтинги янгиланди. Биринчи ракеткамиз 40 поғонага пастлади. Рейтингда янги ўзбек! 0 08:34Даниил Ейбог жорий мавсум нима учун халқаро мусобақаларда иштирок этмаётганини очиқлади 0 08:03WTA рейтинги янгиланди. Теннис маликаларимиздан бири 25 поғона юқорилади. Қолганларичи? 0 07:32Кубарси Европада йилнинг энг яхши ёш футболчисига бериладиган Golden Boy совринини қўлга киритди 0 07:01Бугун Абдусатторов Total Chess турниридаги иштирокини бошлайди 0

06 avg 11:35
Yangiliklar

Futbol

"Xatolar boshqa takrorlanmaydi". FIFA JCH huquqlarini sotish bo'yicha bayonot bilan chiqdi

Xalqaro futbol federaciyasi (FIFA) jahon chempionati huquqlarining bir qismini sotish rejalari uchun kechirim so'rab rasmiy bayonot elon qildi.

"Biz ushbu xatolar uchun chin dildan kechirim so'raymiz va ular boshqa takrorlanmasligiga vada beramiz. Biz zarur tekshiruvni o'tkazamiz va hisobot FIFA Kengashiga keyingi rejalashtirilgan yig'ilishda taqdim etiladi.

Qolaversa, malum bo'lishicha, FIFAga azo associaciyalar va FIFA Kengashi tomonidan tasdiqlanishi kerak bo'lgan bu taklif hozirda ko'rib chiqilmayapti. Loyiha yopilishi munosabati bilan FIFA endilikda o'zining halolligi, to'g'ri boshqaruv principlari va belgilangan proceduralarga rioya etilishiga bo'lgan har qanday hujumlarga toqat qilmaydi va o'z nomi hamda obro'sini himoya qilish va saqlab qolish uchun barcha zarur choralarni ko'radi.

Har doim o'rganadigan narsa topiladi va biz ushbu tajriba asosida jarayonlarimizni takomillashtirishni davom ettiramiz. Biroq, bu holatda takidlash joizki, yo'l qo'yilgan xatolarga qaramay, qilingan sidqidildan bajarilgan ishlar FIFAning meyoriy-huquqiy bazasiga to'liq mos ravishda amalga oshirildi.

Biz siz bilan birgalikda FIFAga azo 211 ta associaciya, konfederaciya va mintaqaviy birlashmalar manfaatlari yo'lida FIFA Forward dasturi doirasida futbolni rivojlantirishni yanada qo'llab-quvvatlash imkoniyatlarini faol o'rganamiz.

Biz ushbu masala bo'yicha sizda paydo bo'lishi mumkin bo'lgan har qanday savollarga javob berishga to'liq tayyormiz va yaqin orada siz bilan ko'rishishni intiqlik bilan kutamiz", – deyiladi FIFA Kengashi azolariga tashkilot prezidenti Janni Infantino va bosh kotib Mattias Grafstrem tomonidan imzolangan xatda.

Eslatib o'tamiz, o'tgan haftada FIFAning turnir huquqlarini sotish bo'yicha yangi tijorat tuzilmasi — FIFA Forward Enterprise (FFE) tashkil etish rejalari haqida malum bo'lgan edi. Keyinchalik Infantino futbol konfederaciyalari tomonidan bildirilgan tanqidlar va UEFAga azo mamlakatlar tomonidan JCHni boykot qilish tahdidlari fonida bu g'oyadan voz kechishga qaror qildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing