15 okt 12:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Xaver Mendes: "Xabib barcha davrlarning eng buyuk murabbiyi bo'ladi"
Engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedovning murabbiyi Xaver Mendec shogirdining murabbiy sifatidagi kelajagi haqida gapirdi.
"Aslida, Xabib butun umri davomida murabbiy bo'lgan. U jangchi bo'lganida ham murabbiylik bilan shug'ullanar edi. Xabib besh raund sparring qilib, keyin biz bilan boshqa yigitlarga mashg'ulot o'tgan. Xabib har doim shunday qilgan, chunki otasi uni yoshligidan ham jangchi, ham murabbiy sifatida masuliyatni o'z zimmasiga olishga o'rgatgan. Hozir Xabib otasining yo'lidan bormoqda. Menimcha, u barcha davrlarning eng buyuk murabbiyi bo'ladi. Men buni kelajakda albatta ko'raman", - dedi Mendes.
Avvalroq, sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedov nimaga faoliyatini o'z vaqtida yakunlaganligi haqidagi gapirgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar