10 okt 09:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Xeyni Kambososga qarshi revansh jangi haqida gapirdi
Engil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni amerikalik Devin Xeyni avstraliyalik Jorj Kambososga qarshi revansh jangi haqidagi gapirdi.
"Tez orada ringga qaytishimdan xursandman. Bu meni endigina faoliyatimni boshlagan paytlarimga qaytardi. Jorj bilan ringga qaytganimda, qanchalik kuchliligimni ko'rasiz.
Oldinlari yiliga to'rt marta jang qilardim. Qachonki yaxshi sport formada bo'lsam, mashg'ulot lagerida to'xtagan joydan davom etishim mumkin bo'ladi. Endi men ancha kuchliroq bo'laman”, - deni Xeyni.
Eslatib o'tamiz, Kambosos va Xeyni o'rtasidagi birinchi jang 5 iyun kuni o'tkazilgan va unda Devin Xeyni ochkolar hisobida g'alaba qozongandi. Amerika va avstraliyalik o'rtasidagi revansh jangi 16 oktyabr kuni Melburndagi Rod Laver Arenaʼda bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar