14 jan 17:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Xeyni WBCni Lopes bilan jangni tashkil qilishga chaqirdi
Engil vaznda WBC chempioni Devin Xeyni WBA, WBO, IBF va WBC Franchise kamarlari sohibi Teofimo Lopes bilan jang qilish niyatida ekanligini bildirdi.
"Boks tashkiloti bizda mutlaq chempion bor deyapti. Qanaqasiga? Axir men WBC kamari sohibiman-ku? Hammasi tushunarsiz. WBC prezidenti Maurisio Suleymanning o'zi ham bu savolga javob bera olmasa kerak. U har safar har xil gapiradi.
Men o'z kamarimni topshirib qo'ymoqchi emasman. Menda Lopesga taklif bor: Nima sabab biz o'rtadagi tushunmovchiliklarga barham berish uchun o'zaro jang o'tkazmasligimiz kerak? Hamma aslida kim qirol ekanligini bilib olgan bo'lardi", - dedi Devin Xeyni.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar