14 fev 14:46
Yangiliklar
Xitoylik fuqaro 2022 yilgi Pekin Olimpiadasi tufayli qamoqqa olindi
Pekin sudi Xitoy poytaxtida bo'lib o'tayotgan Qishki Olimpiada o'yinlari ramzi bo'lgan qalbaki suvenirlarni ishlab chiqargan va sotgan Xitoy fuqarosini bir yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda dushanba kuni bo'lib o'tgan matbuot anjumanida Xitoy Kommunistik partiyasi markaziy qo'mitasi targ'ibot bo'limi vakili Tang CHjaoji malum qildi, deb xabar beradi «TASS» nashri.
«Ren ismli gumonlanuvchi bir yilga qamoq jazosiga hukm qilindi va 40 ming yuan (6300 dollar) jarimaga tortildi», — dedi Tang CHjaozji.
Uning so'zlariga ko'ra, bu Olimpiya o'yinlari maskotlari – panda Bing Dundun va qizil fonar Syue Rongronning tasviriga mualliflik huquqini buzish bo'yicha birinchi jinoiy ishdir.
Xitoyliklar orasida Olimpiya ramzlari bo'lgan tovarlar juda mashhur. Odamlar Olimpiya o'yinlaridan esdalik sovg'alarini olish uchun uzun navbatda turishadi. Xitoy rasmiylari bunga mualliflik huquqini qatiy rioya qiladilar.
Fikrlar