08 sen 16:24
Yangiliklar
Xokkey bayrami yaqin...
OXL MDH mamlakatlarida nufuzi jihatidan ikkinchi xalqaro turnir hisoblanadi. Ushbu 2019-2020 yilgi mavsum liga uchun alohida ahamiyatga ega, yani 10 yillik yubiley yilidir.
OXL muntazam chempionatida Rossiya, Qozog'iston, Xitoy va O'zbekistondan jami 34 klub ro'yxatdan o'tgan bo'lib, jamoalar ikki Konferenciya, to'rt Divizionga bo'lingan. Mazkur bosqichda har bir jamoa 27 ta o'z uyida, 27 ta mehmonda, hammasi bo'lib 54 ta o'yinda ishtirok etadi. Tabiiyki, mamlakatimiz klubi uy o'yinlarini muhtasham “Humo Arena” muz saroyida o'tkazadi.
Muntazam chempionat 5 sentyabrdan 20 fevralga qadar davom etadi, g'olib jamoa OXL g'olibi, deb elon qilinadi. Mavsum yakuniga ko'ra, yuqoriroq natijaga erishgan 16 klub pley-off bosqichiga yo'llanma oladi va yanada nufuzliroq sovrin – Petrov kubogi uchun kurashni davom ettiradi. Mazkur sovrin afsonaviy Mixaylov – Petrov – Xarlamov uchligi safida o'ynagan markaziy hujumchi sharafiga shunday nomlangan.
Fikrlar