27 may 03:26
Yangiliklar
Xokkey. Finlyandiya jahon chempioni!
Musobaqaning hal qiluvchi o'yinida Finlyandiya hamda Kanada terma jamoalari to'qnash kelishdi. Qiziqarli kechgan bahs yakuniga ko'ra, finlar o'ziga xos xarakter ko'rsata olishdi va 3:1 hisobida g'alaba qozonishdi.
Kanada – Finlyandiya – 1:3 (1:0, 0:1, 0:2)
1:0 – 10 Teodor (Makkann, Manta)
1:1 – 22 Anttila (Oyyamyaki, Manninen)
1:2 – 42 Anttila (Savinaynen)
1:3 – 55 Pesonen (Xakanpya, Tyurvyaynen).
SHu tariqa musobaqa oltin medallari Finlyandiya terma jamoasiga nasib qildi. Kanada esa kumush medal bilan kifoyalandi. Mazkur jamoalar bungacha jahon chempionati finallarida uch marotaba to'qnash kelishgan (1994, 2007, 2016) va ularning barchasida Kanada g'alaba qozongandi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Rossiya CHexiyani mag'lubiyatga uchratib bronza medaliga sazovor bo'lgandi.
Fikrlar