16 fev 19:55
Yangiliklar
Qishki sport turlari
Xokkey. Peshqadam birinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi, "Binokor" esa g'alaba qozona olmayapti
Xokkey bo'yicha O'zbekiston chempionatida uchinchi tur bahslari bo'lib o'tdi.
Musobaqa peshqadami "Semurg'" aynan shu turga kelib ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Jamoa "Toshkent"ga 2:4 hisobida mag'lub bo'ldi. Ikkinchi o'yinda esa "Humo" "Binokor" ustidan 3:1 hisobida g'alaba qozondi.
"Binokor" uchta o'yinki g'alaba nimaligini bilmayapti va turnir jadvalida so'nggi o'rinni egallab turibdi. "Humo" esa dastlabki turdagi mag'lubiyatdan so'ng o'ziga kelib oldi va ketma-ket ikkita g'alabadan so'ng "Toshkent" va "Semurg'"ga etib oldi. Har uchchala jamoa hisobida ayni paytda 4 ochko mavjud.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar