16 okt 18:55
Yangiliklar
Boks/MMA
Xolland nima uchun CHimaevning taklifini rad etganini aytdi
Amerikalik aralash yakkakurash ustasi Kevin Xolland nima uchun Xamzat CHimaevning birgalikda mashg'ulot o'tkazish taklifini rad etganini aytdi.
"Bu yigit bilan mashg'ulot o'tkazishdan ko'ra, koinot o'zgarib, barchamiz multfilm qahramonlariga o'xshab qolishimiz osonroq. U meni taklif qilganida nima haqida o'ylaganini bilmayman. Haftada necha kun kurash bilan shug'ullanishini so'raganim uchun bo'lsa kerak.
Ammo, men o'zim va yigitlarim uchun bir necha uslubni bilmoqchi edim. Boshqa jamoalar bilan mashg'ulot o'tkazmayman. Faqat boshqa jangchilarning oldiga borib, ulardan xol-ahvolini so'rashim mumkin. Ammo, jamoam har doim birinchi o'rinda bo'lib qoladi. Ular har doim men bilan", - deya Xollandning so'zlarini keltiradi MMA Mania.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar