04 iyu 13:16
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/221402_220.jpg)
Xorxe Masvidal Neyt Diazga revansh taklif qildi
Yarimo'rta vazn toifasida UFC kamariga sobiq davogar Xorxe Masvidal Neyt Diazga qarshi revansh jangi o'tkazmoqchi.
"Men Neytga revansh berishga tayyorman, ammo u buni istamayapti. U hamisha mening ismimni eshitsa, bir necha haftaga yo'q bo'lib ketadi. Kel, jangimizni takrorlaymiz. SHartnomaga imzo chek", - deya intervyu bergan Masvidal.
Eslatib o'tamiz, Xorxe Masvidal va Neyt Diaz o'rtasidagi ilk jang 2019 yilda bo'lib o'tgan va o'shanda Xorxe uchinchi raundda g'alaba qozongan edi.
Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar