18 avg 14:54
Yangiliklar
Boks/MMA

Xorxe Masvidal Usman - Edvards jangiga taxmin bildirdi
Yarimo'rta vazn toifasida UFC kamariga sobiq davogar Xorxe Masvidal nigeriyalik Kamaru Usman va britaniyalik Leon Edvards o'rtasida bo'lib o'tadigan chempionlik jangi haqida gapirdi.
"Rostini aytsam, Edvards g'alaba qozonishiga ishonchim komil emas. Hamma narsa bo'lishi mumkin. UFCʼda oldindan kim g'alaba qozonishini aytish qiyin. Menga mag'lubiyatga uchramaganing ham qiziq emas. Bu vaqt masalasi.
Usman ko'p qirrali jangchi. Leon hujumlarda ajoyib harakat qilishi mumkin. Ammo, Usman uni kurashda ojiz qoldiradi. Ko'p jangchilar bilan shunday bo'lgan. O'ylaymanki, Usman g'alaba qozonadi", — deya Masvidal so'zlarini keltiradi MMA Fighting.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar