07 avg 11:07
Yangiliklar
Tokio-2020
Xossu jahon rekordi evaziga Olimpiada chempioni bo'ldi
Vengriyalik Katinka Xossu Rio Olimpiadasining suzish bahslarida jahon rekordi qayd etib, oltin medalni qo'lga kiritdi.
400 metr masofaga kompleks suzish bahslarida startga chiqqan 27 yoshli Xossu belgilangan masofani 4 daqiqa 26,36 soniyada bosib o'tdi. Bu esa yangi jahon rekordi sifatida qayd etildi.
Bundan avvalgi rekord xitoylik E SHiven tomonidan 2012 yili Londonda o'tkazilgan Olimpiadada o'rnatilgan edi. O'shanda SHiven 4 daqiqayu 28,43 soniya natija ko'rsatgandi.
SHu tariqa, Xossu olimpiada chempioni bo'ldi. Amerikalik Mayya Dirado (4.31,15) kumush, ispaniyalik Mireya Belmonte Garsiya (4.32,39) bronza medali bilan taqdirlandi.
Havola :
Fikrlar