12 apr 09:19
Yangiliklar
Xotin-qizlar o'rtasida velosport marafoni o'tkazildi
Ushbu haftalik doirasida ommaviy sport va piyoda yurish bo'yicha marafon o'tkazilmoqda.
“Sport – salomatlik garovi” shiori ostida o'tkazilgan mazkur marafonda turli yosh toifasidagi xotin-qizlar, ayniqsa faol bo'lmagan qizlar, uy bekalari hamda katta yoshdagi ayollar ishtirok etishyapti.
Xalqaro Salomatlik kuni munosabati bilan “Xotin-qizlar sport haftaligi” doirasida O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi hamda Toshkent viloyat xotin-qizlar qo'mitasi hamkorligida xotin-qizlar o'rtasida “Velosport marafoni” o'tkazildi. Unda viloyatning barcha shahar-tumanlaridan 18 dan 50 yoshgacha bo'lgan xotin-qizlar g'oliblik uchun bahs olib borishdi.
Tadbir g'oliblari tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
Fikrlar