11 dek 20:58
Yangiliklar
Boks/MMA

Xurshid Tojiboev raqibini muddatidan oldin mag'lub etdi
Qozog'istonning Almati shahrida professional boks oqshomi o'tkazilmoqda.
SHou doirasida hamyurtimiz Xurshid Tojiboev rossiyalik Pavel Malikovga qarshi jang o'tkazdi.
10 raundga mo'ljallangan jang to'rtinchi raundda yakunlandi. O'tkazib yuborilgan zarbalar natijasida ko'zidan jarohat olgan Pavel Malikov jangni davom ettira olmadi va hamyurtimiz muddatidan oldin g'alabaga erishdi.
Bu Tojiboev uchun prof ringdagi oltinchi jang edi. U professional boksdagi barcha janglarini g'alaba bilan yakunlagan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar