10 dek 13:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Xurshid Tojiboev vazn o'lchash marosimida qatnashdi + FOTO
Prof bokschimiz Xurshid Tojiboev ertaga Qozog'istonda ringga ko'tariladi
Avvalroq, Xurshid Tojiboev (5-0, 3 KO) Qozog'istonning Almaty shahrida tashkil etilayotgan boks oqshomida rossiyalik Pavel Malikov (16-4-1, 6 KO)ga qarshi ringga chiqishi haqida xabar bergan edik.
Ikkinchi yarim engil vazn toifasida harakat qilayotgan boskchimiz ananaga ko'ra, jang oldidan vazn o'lchash marosimida ishtirok etdi va belgilangan vaznni bajardi.
«Mashg'ulotlar ko'ngildagidek bo'ldi. Vazn o'lchash marosimidan ham o'tib oldik. Nasib qilsa, ertaga jang. Duo qilib tursangiz, albatta g'alaba qozonib, yorug' yuz bilan Vatanga qaytamiz», - dedi Tojiboev Olamsport.com sayti muxbiri bilan suhbatda.
Olamsport.com sayti Xurshid Tojiboevga ertangi jang oldidan omad tilaydi!
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar