So’nggi yangiliklar

12:30Осиё ўйинларида иштирок этаётган барча ўзбекистонлик спортчиларнинг натижалари битта саҳифада (LIVE) 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0 18:52Леау Роналдуга тегишли бўлган 7-рақам остида қайдномага киритилди 0 17:00Сауль Альварес октябрь ойида WBC чемпионлик камари учун жанг қилади 0 15:48"Яна офисдаман". Илия Топурия машғулотларни қайта бошлаганини маълум қилди 0 15:01Осиё ўйинларининг 12-кунини иккита кумуш медаль билан якунладик 0 13:27Буюк Британия спорт вазири "Манчестер Сити" учун энг ёмон оқибатларни истисно этмаяпти 0 12:39Махачев: "Яхши жангчи бўлиш учун сочни калта олдириш керак" 0 11:11Теренс Кроуфорд боксга қайтиш-қайтмаслиги ҳақидаги саволга қатъий жавоб берди 0 10:00Агар Дана Уайт аралашса, Жошуа Фьюри билан жангдан воз кечиши мумкинлигини айтди 0 08:54Бугун Ўзбекистон МТЖ Сурияга қарши майдонга тушади 0 20:00Осиё ўйинларининг ўн биринчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0

01 may 08:40
Yangiliklar

Gimnastika

Xushxabar: Endi badiiy gimnastikachimiz o'smirlar Olimpiya o'yinlariga licenziya qo'lga kiritdi

Buenos-Ayresda bo'lib o'tadigan III yozgi o'smirlar Olimpiya o'yinlariga licenziyalarimiz soni yana bittaga ko'paydi.

O'smirlar Olimpiya o'yinlariga qizg'in tayyorgarlik ko'rayotgan gimnastikachilarimiz delegaciyamiz hisobiga yana bitta yo'llanma qo'shib qo'ydilar. Malayziyada badiiy gimnastika bo'yicha o'tkazilayotgan Osiyo chempionatida O'zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinni egalladi va o'smirlar Olimpiya o'yinlari licenziyasini qo'lga kiritdi. Oktyabr oyida kim Argentinaga borishi esa O'zbekiston gimnastika federaciyasi o'tkazadigan saralashdan so'ng malum bo'ladi.

Ushbu muvaffaqiyat orqali O'zbekiston gimnastika federaciyasi hozirga qadar maksimal – 4ta licenziyani qo'lga kiritdi. Bungacha sport akrobatikasi (1ta) va sport gimnastikasi bo'yicha (2ta) yo'llanmalarga ega chiqilgani haqida xabar bergandik. Hali oldinda 17-21 may kunlari Filippinda bo'lib o'tadigan trampolin bo'yicha Osiyo chempionati kutib turibdi. Biz mazkur qita birinchiligida ham terma jamoamiz azolariga omad tilab qolamiz. O'z navbatida, muvaffaqiyat bilan O'zbekiston gimnastika federaciyasini tabriklaymiz.

Milliy olimpiya qo'mitasi shuni malum qiladiki, ayni paytda III yozgi o'smirlar Olimpiya o'yinlariga 17 nafar o'zbekistonlik sportchi 15 ta licenziya qo'lga kiritgan. (Akademik eshkak eshish va sport akrobatikasida 2 kishilik juftlikka bittadan licenziya berilgan.)

Demak, bugungi kun holatiga ko'ra O'zbekistonlik sportchilar III yozgi o'smirlar Olimpiya o'yinlariga qo'yidagi sport turlarida yo'llanmalarga ega bo'lib ulgurishdi:

Og'ir atletika – 3 ta
Baydarka va kanoeda eshkak eshish – 3 ta
Akademik eshkak eshish – 2 ta
Sport akrobatikasi – 1 ta
Sport gimnastikasi – 2 ta
Badiiy gimnastika – 1 ta
Ot sporti (konkur) – 1 ta
Taekvondo – 1 ta
Boks – 1 ta

O'smirlar Olimpiya o'yinlariga qadar bu ro'yxat hali kengayadi va nasib qilsa O'zbekiston sport delagaciyasi Buenos-Ayresga bundan ham katta tarkibda yo'l oladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing