So’nggi yangiliklar

14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0 11:42Дакар-2026: бугун енгил атлетика ва велоспорт баҳслари якунланади, боксчилар чорак финалда рингга чиқади 0 11:40Касильяс ўйин амалиёти етишмаслиги сабаб ўғилларини "Реал" академиясидан олиб кетди 0 11:09Магомед Анкалаев кейинги жангини оғир вазнда ўтказмоқчи 0 10:38Чимаев RAF турнирида собиқ UFC чемпионига қарши курашади, Ковингтон сафдан чиқди 0 10:07Келаси ҳафта Тошкентга келадиган Тедди Ринер Франция президентлиги сайловида қатнашмоқчи 0 09:36Месси, Мбаппе, Ямаль, Родри, Беллингем FIFPro йил рамзий терма жамоасидан жой олди, Кейн ва Роналду эса йўқ! 0 09:05ATP рейтинги янгиланди. Биринчи ракеткамиз 40 поғонага пастлади. Рейтингда янги ўзбек! 0 08:34Даниил Ейбог жорий мавсум нима учун халқаро мусобақаларда иштирок этмаётганини очиқлади 0 08:03WTA рейтинги янгиланди. Теннис маликаларимиздан бири 25 поғона юқорилади. Қолганларичи? 0

06 iyu 13:10
Yangiliklar

Futbol

Yana bir murabbiy JCHdan so'ng istefoga chiqdi

Portugaliyalik mutaxassis Karlush Keyrush ijtimoiy tarmoqlar orqali Gana terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini tark etganini malum qildi.

"Futbol, xuddi hayot kabi, bizga bitta abadiy saboqni o'rgatadi: sen yo g'alaba qozonasan, yo o'rganasan. Men bu yo'lni erishgan yutuqlarimizdan faxrlangan, ammo shu bilan birga, doimo ko'prog'iga intiladigan insonlarga xos sog'lom qoniqmaslik hissi bilan yakunlayapman. Yuqoriroq darajaga chiqish hech qachon yakuniy maqsad bo'lmasligi kerak — u Gananing yanada ambiciyali maqsadlari uchun boshlang'ich nuqta bo'lishi lozim.

"Qora yulduzlar"ning kelajagi faqat futbol maydonida qurilmaydi. Bu jamoaning muvaffaqiyati maydondan tashqarida — Gananing ajoyib futbol talantlarini tayyorlash, himoya qilish va rivojlantirish uchun eng yaxshi sharoitlarni yaratishdan boshlanishi kerak.

Futbol federaciyasi prezidenti va rahbariyatiga — Gana milliy terma jamoasiga xizmat qilish imkoniyati uchun katta rahmat. Bu mamlakatga va "Qora yulduzlar"ga xizmat qilish men uchun sharaf va imtiyoz bo'ldi. Futbolchilarim va murabbiylar shtabiga — shijoatingiz, fidokorligingiz va ishga bo'lan sodiqligingiz uchun cheksiz minnatdorchilik bildiraman.

Muxlislarga esa shuni aytmoqchiman: sport natijalaridan to'liq qoniqish hosil qilmagan bo'lsak-da, Gana ranglarini munosib himoya qilganimizni va "Qora yulduzlar"ga buyuk futbol arenasida hurmat va obro'ni qaytarganimizni faxr bilan ayta olamiz. Rahmat, Gana. Yo'l endi boshlanadi", — deyiladi Keyrushning bayonotida.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing