10 avg 17:45
Yangiliklar
Boks/MMA

Yana bir yaponiyalik jahon chempioni Murodjon Ahmadalievning vazniga o'tyapti
Prof boksning eng engil vazn toifasida WBC va IBF kamarlari sohibi Junto Nakatani keyingi jangini ikkinchi eng engil vazn toifasida o'tkazishi va tez orada o'z kamarlarini vakant qoldirishini malum qildi.
"Men ikkinchi eng engil vazn toifasiga o'tishni rejalashtiryapmanmi? Ha. Kamarlarimni vakant qoldiramanmi? Ha, shunday deb o'ylayman", deb aytib o'tgan Nakatani.
Junto o'tishni rejalashtirayotgan ikkinchi eng engil vazn toifasida 14 sentyabr kuni hamyurti Naoya Inoue mutlaq chempionlikni o'zbekistonlik Murodjon Ahmadalievdan himoya qilishga urinib ko'radi. Ushbu uzoq kutilgan chempionlik jangi Nagoya (Yaponiya) shahrida o'tkaziladi.
Havola :
Manba : WOWOW
Fikrlar