06 mar 16:30
Yangiliklar
Yangilangan jahon reytingida ikki dzyudochimiz Top-10`talikda qayd etildi
Unda Toshkent "Katta Dubulg'a" turnirida g'olib va sovrindor bo'lgan dzyudochilarimiz reytingdagi o'rinlari birmuncha yaxshilab olishdi. Faoliyatida ilk bor Grand Slam chempioni bo'lgan SHukurjon Aminova qo'lga kiritilgan 1000 reyting ochkosi evaziga 15-pog'onadan 8-o'ringa ko'tarildi.
SHahram Ahadov, Alisher Yusupov va Umar Bozorov 3, Murodjon Yo'ldoshev 10, Ernazar Sarsenbaev 14, Muzaffarbek To'raboev va Laziza Haydarova 4, Ulbusin Hakimova 8, So'g'diyona Rafkatova 18, Umida Nig'matova 27, Fotima Kuramboeva 24 o'ringa ko'tarilib olishga muvaffaq bo'ldi.
Dzyudochilarimizning IJF reytingidagi o'rni:
-60 kg vazn toifasi
1 (2). Mishel Avgusto (Braziliya, 4372 ochko)
39 (38). Doston Ro'ziev (1115)
-66 kg vazn toifasi
1 (1). Takeshi Takeoka (Yaponiya, 4880)
22 (22). Abdurahim Nutfulloev (1680)
34 (23). Muhriddin Tilovov (1326)
35 (31). Zamohshari Bekmurodov (1321)
-73 kg vazn toifasi
1 (1). Mahmadbek Mahmadbekov (BAA, 4372)
6 (9). SHahram Ahadov (3473)
-81 kg vazn toifasi
1 (1). Timur Arbuzov (Rossiya, 5355)
21 (19). Arslonbek Tojiev (1910)
23 (33). Murodjon Yo'ldoshev (1800)
27 (26). SHarofiddin Boltaboev (1702)
-90 kg vazn toifasi
1 (1). Sanshiro Murao (Yaponiya, 5620)
16 (19). Umar Bozorov (1950)
22 (11). SHahzodxo'ja SHaripov (1628)
34 (25). Nurbek Murtazoev (1232)
-100 kg vazn toifasi
1 (1). Arai Dota (Yaponiya, 5350)
22 (36). Ernazar Sarsenbaev (1490)
48 (38). Rustam SHorahmatov (773)
+100 kg vazn toifasi
1 (1). Inal Tasoev (Rossiya, 5150)
15 (17). Alisher Yusupov (2572)
27 (23). O'tkirbek To'raboev (1510)
39 (43). Muzaffarbek To'raboev (1161)
QIZLAR
-48 kg vazn toifasi
1 (1). Abiba Abujakinova (Qozog'iston, 4622)
31 (35). Laziza Haydarova (1318)
43 (51). Ulbusin Hakimova (806)
-52 kg vazn toifasi
1 (1). Distriya Krasniki (Kosovo, 6510)
17 (17). Diyora Keldiyorova (1975)
32 (33). Muhayyo Axmatova (1079)
46 (64). So'g'diyona Rafkatova (835)
-57 kg vazn toifasi
1 (1). Eteri Liparteliani (Gruziya, 5676)
8 (15). SHukurjon Aminova (3267)
-63 kg vazn toifasi
1 (1). Kaju Haruka (Yaponiya, 5500)
58 (56). Marjona Nurulloeva (664)
-70 kg vazn toifasi
1 (1). Lara Svetko (Xorvatiya, 6077)
38 (33). Xurshida Razzoqberdieva (1216)
-78 kg vazn toifasi
1 (3). Anna Monta Olek (Germaniya, 6160)
52 (50). Marjona Ko'chimova (632)
+78 kg vazn toifasi
1 (1). Li Xyon Ji (Koreya Respublikasi, 6090)
35 (35). Irisxon Qurbonboeva (1157)
38 (65). Umida Nig'matova (1051)
79 (103). Fotima Kuramboeva (321)







Fikrlar