26 fev 18:13
Yangiliklar
Yaponiya Toshkent "Katta Dubulg'a" turniriga qanday tarkib bilan kelmoqda?
Hozirgacha sayyoramizning 4 qitasidan 71 davlatning jami 514 (265 erkak, 249 ayol) nafar dzyudochisi musobaqada qatnashishini rasman tasdiqlagan. Ular orasida Yaponiya terma jamoasi ham bor. Dzyudo vatani vakillari poytaxtimizga katta tarkib bilan kelishyapti. Jami 14 nafar (6 erkak, 8 ayol) dzyudochi Toshkent tatamilarida musobaqa medallari hamda Parij-2024 Olimpiadasi yo'lidagi qimmatli reyting ochkolari uchun bahs olib boradi.
Yaponiya terma jamoasi tarkibi:
ERKAKLAR
-60 kg: Hayato Kondo
-66 kg: Ryoma Tanaka
-81 kg: Takanori Nasage
-100 kg: Dota Arai
+100 kg: Kokoro Kageura, Hyoga Ota
AYOLLAR
-52 kg: Kokoro Fujishiro
-57 kg: Haruka Funakubo
-63 kg: Nami Nabekura, Momo Tatsukava
-70 kg: Saki Nizoe
-78 kg: Rika Takayama
+78 kg: Ruri Takahashi, Maya Segava
Fikrlar