15 sen 07:22
Yangiliklar
Yaponiya xoldingi rahbari Tokio -2020 homiylik shartnomalari uchun pora olganlikda ayblanib hibsga olindi
Kadokava Tokio-2020 tashkiliy qo'mitasining sobiq azosi Xaruyuki Takaxashi boshqaruvidagi konsalting kompaniyasiga pora berganlikda gumon qilinmoqda. Gap 69 million ien (taxminan 481 ming AQSH dollari) haqida bormoqda.
Taxminlarga ko'ra, Kadokava 2019 yil sentyabridan 2021 yil yanvarigacha Olimpiada uchun homiylik shartnomalarini olishga umid qilib, mablag' o'tkazgan. 2019 yilda kompaniya kitoblar va jurnallarni chiqarish uchun O'yinlarning homiyi bo'lganligi elon qilingandi.
Avvalroq Takaxasi, shuningdek yozgi o'yinlarning homiysi bo'lgan AOKI erkaklar va ofis kiyimlari kompaniyasi rahbari Xironori Aoki ham korrupciya ishi bo'yicha hibsga olingan edi.
Malumot uchun, Tokio Olimpiadasi 2021 yilning 23 iyulidan 8 avgustiga qadar bo'lib o'tgan.
Fikrlar